Xalqaro ilmiy muloqot: Xitoy–Markaziy Osiyo hamkorligining yangi ufqlari
2026-yil 31-yanvar kuni jahonda kechayotgan yirik o‘zgarishlar va yangi imkoniyatlar sharoitida Xitoy–Markaziy Osiyo Ikkinchi sammitida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish, hamkorlik konsensusini mustahkamlash hamda rivojlanish salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida Shanxay Xalqaro Tadqiqotlar Universiteti (SISU) tomonidan “Xitoy–Markaziy Osiyo hamjamiyatida hamjihatlikni yuqori sifatda olib chiqish istiqbollari” mavzusida onlayn xalqaro konferensiya tashkil etildi.
Mazkur nufuzli xalqaro anjumanda akademik ekspertlar, soha olimlari, tadbirkorlar va turli yo‘nalish vakillari ishtirok etib, siyosiy ishonchni chuqurlashtirish, savdo va investitsiyalarni kengaytirish, infratuzilmani rivojlantirish, aholi farovonligini oshirish, madaniy almashinuv hamda ijtimoiy integratsiya mexanizmlarini mustahkamlash masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashdilar.
Konferensiyada O‘zDJTU Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri, professor Z. Zamonov “Yangi Buyuk Ipak yo‘li — mintaqada hamkorlikning muhim ijtimoiy-siyosiy formatida” mavzusida ma’ruza bilan ishtirok etdi. Ma’ruzada Buyuk Ipak yo‘lini o‘zaro manfaatli munosabatlar asosida qayta tiklash, hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini o‘rganish Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi ijtimoiy, siyosiy va ma’naviy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.