Xalqaro jurnalistika fakultetida korrupsiyaga qarshi kurashishga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani A. Matyakubov tashabbusi bilan talabalar va professor-o‘qituvchilar ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish, ochiqlik va shaffoflik tamoyillarini mustahkamlashga qaratilgan davra suhbati tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Hoshimov Bahodir Rustamovich —
Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i asosiy ma’ruzachi sifatida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, ta’lim muassasalarida halollik muhitini shakllantirish, “komplayens-nazorat” tizimining vazifalari hamda uning amaliy mexanizmlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, mas’uliyatli fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Davra suhbati savol-javoblar shaklida o‘tkazilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan mutaxassisdan aniq va asosli javoblar olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa tadbirning yanada mazmunli va samarali o‘tishiga xizmat qildi.

Mazkur uchrashuv talabalarning huquqiy ongini yuksaltirish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda ochiq va adolatli jamiyat barpo etish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholandi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube