Xotira va qadrlash — insoniy ehtirom timsoli
9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, atoqli yozuvchi, tarjimon va adabiyotshunos Ibrohim G‘afurov xonadoniga tashrif buyurdi.
Samimiy suhbat davomida ustozning salomatligi va holidan xabar olinib, u kishining o‘zbek adabiyoti, tarjimachilik maktabi hamda milliy ma’naviyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi alohida e’tirof etildi.

Uchrashuv chog‘ida Ibrohim G‘afurovning serqirra ijodi, yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni, tarjima san’ati va adabiyotga oid qimmatli fikrlari tinglandi. Suhbat iliq va samimiy ruhda kechdi.
Bunday ehtirom va tashriflar ustozlarga bo‘lgan hurmat, milliy qadriyatlarimiz hamda insoniy mehr-oqibatning yorqin ifodasidir.
