9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev universitet vakillari bilan birgalikda Ko‘hna Cho‘ponota mahallasida istiqomat qiluvchi 90 yoshli mehnat fronti faxriysi holidan xabar oldi.
Tashrif davomida faxriy bilan samimiy suhbat o‘tkazilib, bayram munosabati bilan ezgu tilaklar bildirildi hamda yurt ravnaqi yo‘lidagi mehnatlari uchun minnatdorlik izhor etildi.
Bunday e’tibor va ehtirom xalqimizning faxriy avlod vakillariga bo‘lgan yuksak hurmati hamda inson qadri ulug‘lanayotganining yana bir ifodasidir.