Yoshlar uchun professional sportchilar ishtirokida trenirovka sessiyasi tashkil etildi

Yoshlar uchun professional sportchilar ishtirokida trenirovka sessiyasi tashkil etildi

Ijtimoiy-psixologik muhit bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F. Xabiyeva hamda bo‘lim mutaxassisi X. Xatamova Tarjimonlik fakulteti talabalari bilan ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida sport tadbirini tashkil etdilar.

Yoshlarni sog‘lom turmush tarziga jalb etish, sportga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirish hamda iqtidorli sportchilarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lida professional sportchilar ishtirokidagi maxsus trenirovka sessiyalari alohida ahamiyat kasb etadi.

Mashg‘ulot davomida talabalar tajribali sportchilar bilan birgalikda amaliy mashqlarni bajardilar, sportdagi muvaffaqiyat sirlari, intizom, qat’iyat va motivatsiya borasida qimmatli tavsiyalar oldilar. Bunday uchrashuvlar yoshlarda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlaydi, sog‘lom raqobat muhitini shakllantiradi hamda sport orqali yuksak marralarni zabt etishga ilhom bag‘ishlaydi.

Kelajak chempionlari bugungi imkoniyatlardan boshlanadi!

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube