“Zamonaviy jurnalistika va sun’iy intellekt: istiqbollar va muammolar” monografiyasi taqdim etildi

 

“Zamonaviy jurnalistika va sun’iy intellekt: istiqbollar va muammolar” monografiyasi taqdim etildi

Bugun Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi hamkorligida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida “Zamonaviy jurnalistika va sun’iy intellekt: istiqbollar va muammolar” nomli jamoaviy monografiyaning taqdimoti bo‘lib o‘td

 



Tadbirni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov kirish so‘zi bilan ochib, bugungi axborot makonida sun’iy intellekt texnologiyalarining o‘rni tobora ortib borayotgani, ayniqsa jurnalistika sohasida tezkorlik, tahliliy yondashuv va media mahsulotlar sifatini oshirishdagi ahamiyatiga to‘xtaldi.

“Ovozi Samarqand” gazetasi kutubxonasi rukni ostida chop etilgan mazkur monografiyada jurnalistlar, tadqiqotchilar va talabalarning sun’iy intellekt mavzusidagi ilmiy-tahliliy hamda ijodiy ishlari jamlangan.

Tadbirda Oʻzbekiston jurnalistlar uyushmasi raisi v.b. Shuhrat Oripov, monografiya mualliflari, ustoz jurnalistlar, olimlar, tadqiqotchilar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida sun’iy intellektning jurnalistikadagi imkoniyatlari, media etikasi va zamonaviy jurnalistika oldidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, monografiya muallifi tomonidan Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Axborot-resurs markaziga o‘z kitoblari taqdim etildi.

 


 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube