1. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti devonxonasi (keyinchalik matnda Devonxona deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 23 maydagi “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1971-son qarori bilan tasdiqlangan tashkiliy tuzilmaga kiradi va bevosita universitet rektorga bo‘ysunadi.
2. Devonxonaning faoliyati – universitetda ish yuritish va ijro intizomini ta’minlashga hamda hujjatlarni tayyorlash jarayonlari va o‘z vaqtida mas’ullarga yetkazishni tashkil etishga qaratilgan.
3. Devonxona o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari va boshqa me’yoriy hujjatlari, shuningdek universitet Ustaviga hamda mazkur Nizomga muvofiq ish olib boradi.
4. Devonxonaning mansab jadvali mudir, ish yurituvchilar, kuryer va arxivariusdan iborat.
Devonxonaning har bir xodimi o‘ziga biriktirilgan vazifa uchun mas’ul va lavozim yo‘riqnomasi asosida faoliyat yuritadi.
5. Devonxonaning mansablari tarkibi universitetga ajratilayotgan mablag‘ va ish haqining umumiy fondi chegarasida belgilanadi. Devonxona mudiri universitet rektori tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo‘shatiladi.
6. Devonxona o‘z nomi ko‘rsatilgan muhr, universitet burchak shtampi uchun moddiy javobgar hisoblanadi va mudirga ularni temir seyfda saqlash mas’uliyati yuklatiladi.
II. Devonxonaning vazifa va funksiyalari
7. Quyidagilar devonxonaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
universitetda ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish,
hujjatlar aylanishi tizimini optimallashtirish, ish yuritish va hujjatlar bilan ishlash, shuningdek arxiv ishi masalalari bo‘yicha universitetning tarkibiy bo‘linmalari faoliyati yuzasidan tashkiliy-uslubiy, muvofiqlashtirish va nazorat qilish ishlarini amalga oshirish,
amaldagi standartlar va qoidalarga muvofiq hujjatlarni tayyorlash va rasmiylashtirish,
universitetda hujjatlar bilan ishlashni hamda ularning bajarilishini nazorat qilish,
zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritishni tashkil etishning yangi uslublarini joriy etish,
8. Devonxona o‘ziga yuklatilgan vazifalarini bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
universitetda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish jarayonini ta’minlash,
kirish va chiqish hujjatlarini o‘z vaqtida rasmiylashtirish, dastlabki ishlov berish hamda taalluqliligi bo‘yicha ijrochilarga yetkazish,
hujjatlarning ijro muddatlarini to‘g‘ri rasmiylashtirish va nazoratini olib borish,
joriy ish yuritish hujjatlari, shu jumladan universitet rektorining buyruqlari va boshqa yo‘riq hujjatlarini ro‘yxatga olish, saqlash va tegishli ijrochi bo‘linmalarga yetkazish, hujjatlar yig‘majildini shakllantirish hamda ularni saqlovga tayyorlash va topshirish,
universitetda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnoma va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalda tatbiq etish,
universitet bo‘linmalarida ish yuritishni tashkil etish, hujjatlarni saqlash va yig‘majildlarni o‘z vaqtida arxivga topshirilishini nazorat qilish bo‘yicha uslubiy rahbarlik qilish, hujjatlarning o‘z muddatida bajarilishi yoki bajarilmasligi bo‘yicha rahbariyatga ma’lumotlar tayyorlash,
xizmat hujjatlarini tayyorlash, chiqarish, ko‘paytirish va tarqatish,
universitet rahbariyati tomonidan o‘tkaziladigan ishlab chiqarish, tezkor, apparat va boshqa yig‘ilishlarini tashkil etishda qatnashish, ushbu yig‘ilishlarni tashkil etishda texnik xizmat ko‘rsatish, xizmat safarlari hujjatlarini rasmiylashtirish,
universitet faoliyatini hujjatlashtirishni rivojlantirish, shuningdek ijro intizomini takomillashtirish yuzasidan mavjud va istiqbol holat bo‘yicha axboriy-tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash va kiritish,
diplom haqiqiyligi to‘g‘risidagi so‘rovnoma (elektron so‘rovnoma) larga javob xati yuborish,
jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlarni (mas’ul bilan hamkorlikda) maxsus daftarga qayd etish, rektorning izosidan so‘ng mas’ullarga tarqatish hamda ijrosini nazorat qilish,
universitet rahbariyatining boshqaruv va yo‘riq qarorlari, topshiriqlari va boshqalarni tayyorlash va bajarishda o‘z vakolati doirasida ishtirok etish,
devonxona o‘z vakolati doirasida universitetning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalaridan kelib chiqib boshqa funksiyalarni ham bajarish.
III. Devonxonaning huquqlari
9. Devonxona o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
o‘z vakolati doirasida universitetga kelayotgan hujjatlar va boshqa axborot materiallari bilan tanishish, tizimli ro‘yxatga olish va ishda foydalanish uchun qabul qilish,
o‘ziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun universitet rahbariyati va bo‘limlardan tegishli axborot va ma’lumotni so‘rab olish,
o‘z vakolati doirasida universitet bo‘linmalarida hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish holatini o‘rganish hamda bu borada ularning faoliyatini muvofiqlashtirish,
belgilangan tartibda tayyorlanmagan me’yoriy-huquqiy hujjatlarning loyiha shakllarini kamchiliklarni bartaraf etish uchun ijrochilarga qaytarish, shuningdek kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha maslahat berish,
universitetda hujjatlar bilan ishlash va ish yuritish tizimini takomillashtirish bo‘yicha rahbariyatga takliflar kiritish hamda bajarilgan ishlar bo‘yicha ma’lumotlar berish,
o‘z faoliyati doirasida devonxonaga kerakli mutaxassislarni ishga olish va lavozimini o‘zgartirish,
o‘z faoliyati doirasida devonxona xodimlari malakasini oshirish, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, intizom choralarini ko‘rish bo‘yicha universitet rahbariyatiga takliflar kiritish,
universitetda bo‘ladigan yig‘ilishlarda ishtirok etish.