XOLIDDIN SHOMUXAMMADOV

Ingliz tili integrallashgan kursi №3 kafedrasi: Assistent

Ingliz tili №1 fakulteti: Dekan muovini

IBRAGIMOV NURIDDIN TALIBOVICH

Ingliz tili №1 fakulteti: Dekan muovini

Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi : Katta o‘qituvchi

 

Ingliz tili birinchi fakulteti

Fakultet tarixi:

O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti I.Karimovning 2012-yil 10-dekabrdagi №1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish 

chora tadbirlari to‘g’risida”gi va 2013-yil 23-maydagi №1971-sonli “O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga muvofiq Birinchi va Ikkinchi ingliz filologiyasi fakultetlari negizida Ingliz tili birinchi, Ingliz tili ikkinchi, Ingliz tili uchinchi fakultetlar tashkil topdi. Hozirda fakultetda 4 ta mutaxassislik kafedralari va 2 ta nomutaxassislik kafedralari mavjud bo‘lib, ularda 174 nafardan ortiq professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib kelmoqda.

Dekan:

Ergasheva Guli Ismoilovna

E-mail:ergashevaguli327@gmail.com

Ish vaqti: 8:00 – 18:00

 Ergasheva Guli Ismoilovna 1980-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1 fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor. BMTning taraqqiyot dasturi doiarsida 2017-2019 yillarga mo‘ljallangan “Ayollarning davlat boshqaruvidagi huquq va imkoniyatlarini kengaytirish hamda ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish”ga qaratilgan loyiha doirasida gender terminologiyasi bo‘yicha milliy konsultant. Amerika amaliy tilshunoslik assotsiatsiyasi a’zosi (2019, 2021, 2022, 2023 yillari ma’ruzalari bilan 

ishtirok etgan). 2011 yil fan nomzodi va 2018 yil fan doktori ilmiy darajasini olgan. Jamoatchilik asosida tashkil etilgan “Nazariy va amaliy lingvistika” ilmiy-tadqiqot instituti direktori. 2022-2023 yy. Universitetning QS, Times Higher Education World University Rankings xalqaro reyting ishchi guruhi rahbari (Universitet “THE Impact Rankings” reytingi ro‘yxatiga kirdi). O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 va  PhD.03/07.06.2024.Ped.27.02 raqamli ilmiy kengash a’zosi. DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash huzuridagi Ilmiy seminar kotibi. 4 nafar shogirdi PhD va 1 nafari DSc ilmiy darajasiga ega. «Yil ayoli 2022» milliy tanlovi gran pri sohibasi. “Eksperimental fonetika” ilmiy-amaliy laboratoriyasiga rahbarlik qilib kelmoqda. «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlanangan.  “Shuhrat” medali sohibasi.

Dekan o‘rinbosarlari:

Atayev Gulam Kabulovich

Lavozimi: O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini

Qabul vaqtlari: Dushanba, chorshanba, juma 14:00-16:00

E-mail: gulom0505@mail.ru

 

Lapasov Nizomiddin Shakarboyevich

Lavozimi: Yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha ekan muovini

Qabul vaqtlari: Seshanba, payshanba, shanba 15:00-17:00

E-mail: lapasovnizomiddin@gmail.com

 

Fakultet tasarrufidagi kafedralar :

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi

Ingliz tilining integrallashgan kursi №1 kafedrasi

Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi

Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №1 kafedrasi

Pedagogika va psixologiya kafedrasi

Umumiy tilshunoslik kafedrasi

 

Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasida o‘qitiladigan fanlar:

1. Ingliz tili:

60110900– Xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili va adabiyoti)

Nutq ko‘nikmalari integratsiyasi ( integrated skills of speech)

Til aspektlari amaliyoti  (practice of language aspects)

O‘qish va yozish amaliyoti  ( reading and writing)

Ingliz tili integrallashgan kursi 1 kafedrasida  o‘qitiladigan fanlar:

1. Ingliz tili:

60111800 Xorijiy til va adabiyot ( ingliz tili va adabiyoti)

Til ko‘nikmalari integrasiyasi ( Integrated skill, Listening and Speaking)

Til aspektlari amaliyoti  ( Discourse analysis, Vocabulary)

O‘qish va yozish amaliyoti  ( Reading and Writing).

Ingliz tilini o‘qitish metodikasi1 kafedrasida o‘qitiladigan fanlar:

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar: “Chet tili va adabiyoti” (ingliz tili) yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim beradi. Chet tillarini oʻqitishning integratsiyalashgan kursi, qiyosiy tipologiya, tarjima nazariyasi va amaliyoti, til oʻqitish metodikasi va taʼlim texnologiyalari, lingvopragmatika va diskurs tahlili.      

Ingliz tili nazariy aspektlari1 kafedrasida o‘qitiladigan fanlar:

Leksikologiya

5111400 – Xorijiy til va adabiyoti ( ingliz tili va adabiyoti)

Ma’ruza va seminar

O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari

Nazariy Grammatika

Ma’ruza va seminar

O‘rganilayotgan til nazariy aspektlari

Nazariy Fonetika

Chet tillarni o‘qitishning integrallashgan kursi

Xorijiy tillarni o‘qitishda madaniy muloqotni shakllantirish

O‘qish va yozish amaliyoti

“Umumiy tilshunoslik” kafedrasi o‘qitiladigan fanlar:

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi:

5112500 – Ona tili va adabiyot (Rus tili va adabiyoti o‘zga tilli guruhlarda);

60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha);

60112600 – Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha);

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (roman-german tillari);

60230100 – Филология и обучение языкам (русский язык);

60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (sharq tillari);

60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (roman-german tillari);

60230200 – Tarjima nazariyasi va amaliyoti (sharq tillari).

Magistratura mutaxassisliklari:

70230101 – Lingvistika (roman-german tillari).

 

Pedagogika va psixologiya kafedrasida o‘qitiladigan fanlar:

1. Umumiy pedagogika.

2. Umumiy psixologiya.

3. Pedagogika

4. Psixologiya

 

Fakultet yutuqlari :

  • Joriy yilning 14-martida Ingliz tili amaliy fanlar 1 kafedrasi va Ingliz tili integrallashgan  kursi 1 kafedrasi bilan hamkorlikda “Til va til ta’limini tadqiqining metodologik asoslari” mavzusida  Respublika ilmiy amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi.
  • Navro‘z – xalqimizning azaliy qadriyatlari, ezgu orzu-intilishlarini mujassam etgan, ajdodlarimizdan bizga meros bo‘lib kelayotgan qadimiy bayram hisoblanadi. Shu munosabat bilan fakultetimizda ham bir qator tadbirlar tashkil etildi va universitet miqyosida o‘tkazilgan tadbirlarda qatnashildi. Navruz bayrami  18 – mart sanasida nishonlandi  va fakultetimiz o‘ziga biriktirilgan hududda sayl tashkil etdi. Saylda talabalarning faol ishtiroki ta’minlandi, 1-bosqich tyuterlari bilan hamkorlikda ishlar bajarildi. 1 fakultetga chekiga tushgan Samarqand viloyatining milliy taom va urf odatlarini namoyishi yuqori darajada va ko‘tarinki ruhda tashkillashtirildi.

 

Xalqaro hamkorliklar:

1.Ruminiya “Alba Iuliya” universiteti

2.Shvetsiyaning “Lund” universiteti

3. Turkiyaning “Burdur Mehmet Akif Ersoy” universiteti

 

Ta’lim dasturlarini bitirib chiqqandan keyin “Xorijiy til va adabiyot” (ingliz tili) mutaxassisligiga ega bo‘ladi.

 

Stajirovka imkoniyatlari:

Fakultet o‘qituvchilari bir qancha xorijiy davlatlarda o‘z malakalarini oshirib kelmoqda; jumladan kafedra katta o‘qituvchilari Xodjayeva Nafisa va o‘qituvchilar Abduqodirova Maqsuda, Akbarova Shahnozalar Hindiston elchixonasi tomonidan e’lon qilingan “Indian Technical Economical Cooperation” programmasida malaka oshirib kelishdi. Shuningdek, 2013 yilning noyabr va dekabr oylarida kafedra o‘qituvchilaridan Sh.Turg‘unova, Sh.Yuldasheva va M.Rahmonovalar Buyuk Britaniyaning Norvich shahridagi NILE institutida, X.Avilova esa London Metropoliten universitetida 3 xaftalik maxsus malaka oshirish kurslarida kasbiy malakalarini oshirib qaytdilar. 2017 yilda kafedra o‘qituvchisi G’. Jo‘rayev Buyuk Britaniyaning Nile institutida, 2018-2019 yillarda kafedra o‘qituvchilari D. Rsxulova va A. O‘rishevlar Buyuk Britaniyaning Aston universitetida MA TESOL bo‘yicha bilim va tajribalarini orttirib keldilar.

Bundan tashqari fakultetimiz professor-oqituvchilari Britaniya Kengashi, AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi va MGLU bilan hamkorlik qilmoqda.

    Fakultetimiz professor-oqituvchilari Tempus, Erasmus+ ва British Council dasturlari doirasida 5 nafar horijiy loyiha amalga oshirilgan. Ushbu loyihalar doirasida kafedraning 8 nafar o‘qituvchisi va 3 nafar magistranti Buyuk Britaniyaning Aston Universiteti, Germaniyaning Frayburg pedagogika universiteti, Frantsiyaning Kaen universitetlarida ta’lim olgan va tajriba almashgan. Hozirgi vaqtda kafedra o‘qituvchilari British Council dasturi doirasida  «English as a school subject: learning effective practices from low level primary English language teachers» loyihasini amalga oshirib kelmoqda;

Fakultetimiz o‘qituvchisi Zaripov Feruz “El yurt umidi” fondi orqali Buyuk Britaniyaning nufuzli “University of Reading” universitetini tamomlab, 2023-yildan o‘z ish faoliyatini fakultetimizda davom ettirmoqda.

2024 yil 9-noyabr kuni O‘zDJTUda Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan Qozog‘istonning akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universitetining Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘limi boshlig‘i Guljamal Maxmudova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

         Muloqot chog‘ida Xalqlar do‘stligi universiteti bilan imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, stajirovka dasturlari va ma’ruzalar o‘qishlarini tashkillashtirish, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish, xalqaro anjumanlarda hamkor universitet vakillarining ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

         2024-yil 3-chorakda Shomuratova Dilnoza Jamalovna, Tuxtaqulova Oygul Xasanovna Finlandiyaning Yuvaskulya shahridagi maktabgacha va maktab ta`limi, professional hamda oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirib qaytdi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube