O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti haqida
Fakultet tarixi:
Tarjimonlik fakulteti O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimovning 1992 yil 12 maydagi 401-sonli farmoniga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tashkil qilinganligi hamda xalq xo‘jaligining turli sohalarida xalqaro aloqalarning kengayib borayotganligi va bunda malakali tarjimonlarga talab ortganligini inobadga olib O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 1994 yil 24 oktyabrdagi 93-sonli buyrug‘iga asosan tashkil etilgan va unga universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli talabalar suhbat asosida tarjimonlik yo‘nalishiga o‘qishga tanlab olingan.
Tarjimonlik fakultetiga 1994-1995 o‘quv yilidan boshlab “Ingliz tili quyi kurslar” kafedrasi mudiri, filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.M.Mo’minov dekan, shu kafedraning o‘qituvchisi J.A.Ruzmetov dekan muovini etib tayinlangan. Keyingi yillarda fakultetga yetuk mutaxassislar, xususan, filologiya fanlari nomzodi, dotsent N.M.Qambarov (2002-2009), filologiya fanlari nomzodi T.A.Madrahimov (2009 yil), filologiya fanlari nomzodi, dotsent H.I.Hakimov (2009-2012), pedagogika fanlari doktori, professor I.M.Tuxtasinov (2012-2013), pedagogika fanlari doktori, dotsent S.A.Ziyayeva (2013-2019) va pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori, dotsent P.H.Omonov (2019-2021), filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent R.I.Karimovlar (2021-2023) rahbarlik qilgan. Hozirgi paytda ushbu lavozimda pedagogika fanlari doktori, dotsent Yo’ldoshev Ulug’bek Ravshanbekovich faoliyat olib bormoqda.
Fakultet tarkibi
Fakultet dekani: Pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent Yo‘ldoshev Ulug'bek Ravshanbekovich
Yoshlar bilan ishlash va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boyicha dekan muovini: Kodirov Sodirjon Mo‘ydinjonovich,
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan muovini: Nazarov Sherdor Rustam o‘g‘li
Kechta ta’lim bo‘yicha dekan muovini: Xo‘jamurodov Mirjalol Isomiddinovich
Fakultetda 5 ta mutaxassislik va 2 ta fakultetlararo kafedralar mavjud:
- Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi
- Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi
- Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi
- Italyan tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
- Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi
- O'zbekiston tarixi kafedrasi
- Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi
Fakultetdagi mavjud yo’nalish va mutaxassisliklar
Fakultetda bakalavr bosqichida tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, fransuz, nemis, arab, italyan, turk tillari) hamda gid hamroxligi va tarjomonlik faoliyati (ingliz tili) yo’nalishlari hamda magistratura bosqichida sinxron tarjima (ingliz tili) va qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz, italyan tillari) mutaxassisliklari bo’yicha kadrlar tayyorlanadi.
Bakalavr ta’lim yo’nalishlari:
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz tili)
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (fransuz tili)
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (nemis tili)
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (italyan tili)
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (arab tili)
Tarjima nazariyasi va amaliyoti (turk tili)
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili)
Magistratura mutaxassisliklari:
Sinxron tarjima (ingliz tili)
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (italyan tili)
Talabalar va professor-o’qituvchilar tarkibi
Fakultetda kunduzgi ta’lim shaklida saboq olayotgan 1979 nafar talaba va kechki ta’lim shaklida tahsil olayotgan 370 nafar talabaga o‘z sohasining yetuk bilimdoni bo‘lgan 130 dan ortiq professor-o‘qituvchi dars berib kelmoqda. Ularning 7 nafari fan doktori (DSc), 28 nafar falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega. Fakultetda 6 nafar arab tili, 1 nafar italyan tili, 2 nafar ingliz tili sohiblari faoliyat olib bormoqda.
Fakultetda o‘qitiladigan fanlar va ularning dasturlari
Bakalavr bosqichi fanlar ro‘yhati:
(ingliz, fransuz, nemis, arab, italyan, turk tillari)
Tarjimashunoslik
Yozma tarjima
Tarjimonlik mutaxassisligiga kirish
Asosiy o‘rganilayotgan chet tili
Og‘zaki tarjima
Sinxron tarjima
Ketma-ket tarjima
Badiiy tarjima
Amaliy tarjima
Sohaviy tarjima
Tarjimada madaniyatlararo muloqot
Tarjimada AKT
Rasmiy matnlar tarjimasi
Xorijiy delegatsiyalar bilan ishlash
Audio va video materiallar tarjimasi
Ketma-ket tarjimada shartli belgilarni qayd etish
Konferensiya va simpozium materiallari tarjimasi
Diplomat tarjimon etikasi
Badiiy matnlar tarjimasi
Frazeologik birliklar tarjimasi
(arab, turk tillari)
Xorijiy shart tili
Mamlakatshunoslik
Tarjimashunoslik
Til o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti
Adabiyot nazariyasi
Sohaviy tarjima
Sohaviy tarjima (yuridik hujjatlar tarjimasi)
Sohaviy tarjima (tibbiyot terminlari tarjimasi)
Tarjimon etikasi va xalqaro protokol
Kino-video materiallari tarjimasi
Audiovizual tarjima
Madaniyatlararo muloqot nazariyasi
Konferensiya va simpozium materiallari tarjimasi
ASHT nazariy va amaliy fonetkasi
Dialektologiya
Chet tilini o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari
Badiiy tarjima
Rasmiy va texnik tarjima amaliyoti
Yozma tarjima
Ketma-ket tarjima
Magistratura bosqichi fanlari ro‘yhati:
Sinxron tarjima (ingliz tili)
Tarjimaning ekstra lingvistik asoslari
Amaliy xorijiy til
Amaliy sinxron tarjima
Madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik
Og‘zaki tarjima mahorati
Tarjimaning lingvodidaktik masalalari
Tarjima matnlarini tahrirlash usullari
Tarjimada uslubiyat
Xalqaro tashkilotlar va anjumanlarda sinxron tarjima
Maxsus matnlar tarjimasi
Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz va italyan tillari)
Amaliy xorijiy til
Yozma tarjima va tahrir
Tarjimaning ekstra lingvistik asoslari
Badiiy matnlar tarjimasi
Tarjimaning lingvodidaktik masalalari
Xorijiy tilni o‘qitish qiyosiy metodikasi
Tarjima matnlarini tahrirlash usullari
Tarjima va uslubiyat
Badiiy matn stilistikasi
Turli uslubdagi matnlar tarjimasi
Maxsus matnlar tarjimasi
Ilmiy-texnikaviy matnlar tarjimasi
Badiiy tarjima (ingliz tili)
Ilmiy tadqiqot metodologiyasi
Amaliy xorijiy til
Filologik matnlar tarjimasi va tahriri
Amaliy badiiy tarjima
Badiiy-publitistik matnlar tarjimasi va tahriri
Yozma tarjima va tahrir
Maxsus matnlar tarjimasi
Tarjima matnlarini tahrirlash usullari
Tarjimaning lingvodidaktik masalalari
Frazeologiyada zamonaviy yondashuvlar va konsepsiyalar
Rasmiy matnlar tarjimasi
Qiyosiy stilistika
Tarjima va uslubiyat
Сhet tilini o‘qitishda baholash mezonlari
Xorijiy tillarni oʻqitish qiyosiy metodikasi
Fakultetning xalqaro xamkor oliy ta’lim muassasalari
Germaniya oliy ta’lim muassasalari:
Bohum Ruhr universiteti,
Myunhen til va tarjima instituti, Haydelberg univsersiteti,
Mayns yoxanes Gutenberg universiteti,
Magdeburg universiteti
Italya oliy ta’lim muassasalari:
Milan IULM universiteti
Venetsiya universiteti
Urbino universiteti
Perudja xorijliklar universiteti
Siena xorijliklar universiteti
Jazior Xalq Demakratik Respublikasi oliy ta’lim muassasalari:
Al-Wadiy universiteti
Jazior – 2 universitet
Varaqla universiteti
Biskra universiteti
Pedagogika oliy maktabi
Bundan tashqari, Tarjimonlik fakuleteti Turkiyaning Anqara universiteti, Omon sultonligining Nizva universiteti, Xindistonning Banastali Vidyapitx universitetilari bilan xalqaro aloqalar o’rnatgan bo’lib, barcha universitetlar bilan akademik almashinuv, professor-o’qituvchilarni malaka oshirishi, hammualliflikda darslik va o’quv qo’llanmalar tayyorlash, hamkorlida o’quv dasturlarini tuzish kabi yo’nalishlarda ishlab kelmoqda.
Fakultetning moddiy-texnik bazasi
Tarjimonlik fakultetida 4 ta ma’ruzalar zali, 7 ta seminar mashg’ulotlari va 47 ta amaliy mashg’ulotlar uchun auditoriyalarda 1 ta smart doskta va 30 ta televizorlar johozlangan. Fakultetda 3 ta kompyuter xonasi mavjud.
Fakultetda sinxron tarjimani o‘rgatishga sohaning eng tajribali o‘qituvchilari jalb etilgan. Sinxron tarjima fanini o’qitish uchun maxsus chet el texnikasi bilan jihozlangan auditoriyalar mavjud. O`zbekistonda og’zaki tarjimani rivojlantirish loyihasi doirasida Janubiy Koreyaning Xankuk chet tillari universiteti tomonidan 2014 yilning sentyabr oyida koreyalik mutaxassislar tomonidan 40 nafar talabaga mo`ljallangan 2 ta xonani sinxron tarjimaga o`qitish uskunalari bilan jihozlab berilgan. Bundan tashqari, Germaniyaning Gyote intituti homiyligi Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi qoshida 20 nafar talabani o’qitishga mo’ljallangan sinxron tarjima xonasi tashkil etildi.