DIQQAT, ABITURIYENTLAR!
O‘zDJTUda 2025-2026 o‘quv yili uchun qabul jarayoni boshlandi!
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida CALL markazi tashkil etilgan. Ushbu markaz orqali siz qabul jarayoni bo‘yicha kerakli barcha ma’lumotlarni olishingiz, hujjatlaringizni to‘g‘ri va o‘z vaqtida topshirishingiz, shuningdek, kerakli maslahat va ko‘makka ega bo‘lishingiz mumkin.
CALL markazi quyidagi xizmatlarni taklif qiladi
- Qabul jarayoni yuzasidan batafsil tushuntirishlar;
- Online ro‘yxatdan o‘tish va hujjat topshirish bo‘yicha amaliy yordam;
- Yo‘nalishlar, ta’lim shakllari va kirish talablariga oid to‘liq ma’lumot;
- Davlat test sinovlariga oid maslahatlar;
- Ariza to‘ldirishda yo‘l qo‘yiladigan xatoliklarning oldini olish bo‘yicha ko‘rsatmalar;
- Shuningdek, ota-onalar va abituriyentlar uchun individual yondashuv asosida psixologik va informatsion maslahatlar.
Ish vaqti: Dushanbadan – Shanbagacha: 09:00 – 18:00
Manzil: Toshkent shahri, Kichik halqa yo'li ko'chasi G9-A 21-uy
Murojaat uchun telefonlar: +998 71 230 13 73