“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida “Sinxron tarjimaning tarixi” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti hamda Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida navbatdagi onlayn seminar mashg‘uloti tashkil etildi.
Mazkur seminar “Sinxron tarjimaning tarixi” mavzusiga bag‘ishlanib, unda kafedraning katta o‘qituvchisi Ne’matova Farida ishtirokchilarga sinxron tarjima faoliyatining vujudga kelishi, rivojlanish bosqichlari hamda amaliy jarayondagi muhim jihatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.
Seminar interaktiv ruhda tashkil etilib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan faol ishtirok etdilar va tegishli javoblar oldilar. Tadbir davomida sinxron tarjima bo‘yicha dastlabki nazariy bilimlar amaliy misollar bilan uyg‘unlashtirildi.
Seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi hamda tarjimonlik sohasiga oid bilimlarini yanada chuqurlashtirishga turtki bo'ldi.