DSc DISSERTATSIYASI HIMOYASI BÖLIB ÖTDI

DSc DISSERTATSIYASI HIMOYASI BÖLIB ÖTDI

27-noyabr kuni Özbekiston davlat jahon tillari universitetida Abduğaniyeva Djamilya Rustamovnaning filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi bölib ötdi.

U 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotşunoslik va tarjimaşunoslik ixtisosligi böyiça “Ingliz-rus media makonida semantik köp maʼnolilikni tarjima qilişning germenevtik asoslari” mavzusidagi ilmiy işini Ilmiy kengaş majlisida himoya qildi.

Himoya jarayonida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, tadqiqotning ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati, erişilgan natijalar hamda xulosalar yuzasidan atrofliça fikr almaşildi. Tadqiqotçi tomonidan dissertatsiyaning asosiy mazmuni va ilmiy natijalari taqdim etilib, Ilmiy kengaş aʼzolarining savollariga javoblar berildi.

Ilmiy muhokamada dissertatsiyaning ilmiy maslahatçisi hamda rasmiy opponentlar iştirok etib, tadqiqot yuzasidan öz fikr-mulohazalari va ilmiy baholarini bildirdilar.

Himoya jarayoni oflayn va ZOOM platformasi orqali onlayn şaklda taşkil etildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube