"Eco Clean-up" loyihasiga start berildi

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Ingliz filologiyasi fakulteti Kengashi tashabbusi bilan oʻquv maskaniga boʻlgan masʼuliyatini oshirish va toza, qulay muhit yaratish maqsadida "Eco Clean-up" loyihasiga start berildi.
 

 


Tashabbuskor va koʻngilli talabalarimiz birlashib, fakultet oʻquv xonalari va auditariyalarda keng koʻlamli tozalash hamda tartibga keltirish ishlarini amalga oshirishdi.

Oʻzimiz taʼlim olayotgan xonalarning ozodaligi — oʻzimizga va ustozlarimizga boʻlgan hurmatimiz belgisidir.

Loyiha davomida faollik va tashabbus koʻrsatgan barcha koʻngilli talabalarga o'z minnatdorligimizni bildiramiz.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube