“ENG FAOL YIL TALABASI” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQIÇI BÖLIB ÖTDI

“ENG FAOL YIL TALABASI” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQIÇI BÖLIB ÖTDI

Bugun Özbekiston davlat jahon tillari universitetida 2026–2027-öquv yili uçun talabalar örtasida “Eng faol yil talabasi” respublika körik-tanlovining universitet bosqiçi bölib ötdi.

Tanlovni ÖzDJTU rektori v.v.b. M. Çutpulatov oçib berdi. U öz sözida tanlov iştirokçilarining hujjatlari va erişgan yutuqlarini sinçiklab örganiş, baholaş jarayonida xolislik va adolat tamoyillariga qatʼiy rioya etiş, eng munosib nomzodlarni saralab oliş muhimligini taʼkidladi. Şuningdek, respublika bosqiçiga yöllanma oladigan talabalar universitetning munosib vakillari bölişi lozimligini qayd etdi.

Tanlovda kunduzgi taʼlim şaklida tahsil olayotgan 2-, 3- va 4-bosqiç talabalari yetti nominatsiya böyiça iştirok etdi. Jumladan:
Yilning öz mutaxassisligi böyiça eng bilimdon talabasi;
Yilning eng faol tarğibotçi talabasi;
Yilning eng faol ixtiroçi-innovator talabasi;
Yilning eng faol sportçi talabasi;
Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
Yilning eng faol ijodkor talabasi;
Yilning eng faol tadbirkor talabasi.

Komissiya aʼzolari tomonidan iştirokçilarning öqişdagi natijalari, ilmiy işlari, ijodiy loyihalari, diplom va sertifikatlari hamda boşqa yutuqlari belgilangan mezonlar asosida sinçiklab körib çiqildi va baholandi.

Tanlov yakunlariga köra, har bir nominatsiya böyiça ğolib va sovrindorlar aniqlanadi. Birinçi örin sohiblari respublika bosqiçida universitet şarafini himoya qiladi.

Mazkur tanlov talabalarning bilim va salohiyatini namoyon etiş, iqtidor va taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda yoşlar orasida soğlom raqobat muhitini şakllantirişga qaratilgan.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube