2023-yil 23-noyabr kuni Ispaniya Qirolligining Kadis universitetida “Ispan-Oʻzbek markazi”ning ochilishiga bagʻishlangan tadbir boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda Oʻzbekistonning Ispaniyadagi elchixonasi masʼul xodimlari, OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Roman-German filologiyasi fakulteti dekan oʻrinbosari A. Xalillayev, shuningdek Kadis universiteti rektori Fransisko Piniella hamda mazkur universitet rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

OʻzDJTU rahbarlari, professor-oʻqituvchilari va talabalari tadbirda online tarzda ishtirok etib, talabalarimiz Ispaniya va Oʻzbekistonning mashhur shoirlari sheʼrlaridan namunalarni oʻqib eshittirdilar.

Tadbir soʻnggida Kadis universiteti va Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorlari hamkorlik toʻgʻrisidagi shartnomalarni imzoladilar.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube