“Kelajakka qadam” – bitiruvchilar uchun muhim bosqich!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida bitiruvchi bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

 

 

Tadbirda quyidagi mutaxassislar ishtirok etdi:

  • Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i T.Ismoilov
  • Ingliz filologiyasi fakulteti dekani Yu.Azzamov
  • “O‘zmilliybank” Uchtepa tumani BXK raisi I.Yoqubov
  •  “Baliqchilik” restorani direktori F.Tog‘ayev
  • Savdo-sanoat palatasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi bosh mutaxassisi X.Madaliyev
  • “O‘zmilliybank” Chilonzor tumani BXK bosh mutaxassisi A.Olimova

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ–61-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mehnat bozoriga moslashuvchan, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadida o‘tkazildi.

Davra suhbatida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

  • “Talabadan mutaxassisgacha: muammolar va imkoniyatlar”
  •  “Professional rezyume va motivatsion xat yozish: xatoliklar va namunalar”
  •  “Biznes g‘oyadan — real loyihagacha”


“Kelajakka qadam” dasturi doirasida moliyaviy ko‘mak yo‘nalishlari:

 

  • “Kelajak uchun birinchi qadam” — 10 million so‘mgacha (startaplar uchun)
  • “Kelajak uchun start” — 300 million so‘mgacha (kichik biznes va xizmatlar uchun)
  • “Yorqin kelajak sari” — 1 milliard so‘mgacha (yirik, eksportbop loyihalar uchun)

Ushbu dastur – yoshlarning o‘z kasbiy yo‘nalishini aniq belgilab olishiga, mustaqil ish boshlashi va jamiyatda faol o‘rin egallashiga xizmat qiladi.

 

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube