“KONSTITUTSIYA – INSON QADRI ULUĞLANGAN ERKIN HAYOT VA YANGI KELAJAK POYDEVORI!” MAVZUSIDA ILMIY MAQOLALAR TANLOVI ĞOLIBLARI ANIQLANDI
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan Özbekiston davlat jahon tillari universitetida “Konstitutsiya – inson qadri uluğlangan erkin hayot va yangi kelajak poydevori!” mavzusida ilmiy maqolalar tanlovi ötkazildi.
Tanlovga taqdim etilgan ilmiy maqolalar hakamlar hayʼati tomonidan Nizomda belgilangan mezonlar asosida baholandi. Tarix fanlari doktori, professor D. Bobojonova, tarix fanlari nomzodi, dotsent N. Babadjanova hamda tarix fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) N. Safixodjayeva iştirokida ötkazilgan muhokamalar yakunida quyidagi talabalar ğolib deb topildi:
1-örin — Odilova Rayhona Odil qizi (100 ball);
2-örin — Hamdamov Lazizbek Şuhrat öğli (90 ball);
3-örin — Saparbayev Neʼmatjon Xuşnud öğli (86,7 ball);
3-örin — Xayrullayev Sindor Zokirjon öğli (86,7 ball).
Barça ğoliblar Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari hisoblanadi.
Tanlov yoşlarning ilmiy salohiyatini namoyon etiş, konstitutsiyaviy bilimlarini mustahkamlaş, huquqiy madaniyatini yuksaltiriş hamda Asosiy qonunimizning mazmun-mohiyatini çuqur anglaşga qaratildi.
Ğoliblarni muborakbod etamiz va kelgusi ilmiy-ijodiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz!
2026-11-28 03-45