O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi o‘rtasida hamkorlik boʻyicha memorandum imzolandi
Mazkur kelishuv hujjati O‘zbekiston MTRK tizimidagi ijodiy va texnik xodimlarning xorijiy tillarni bilish malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish maqsadida ikki tashkilot rahbarlari tomonidan imzolandi.
Memorandum doirasida tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik quyidagi asosiy yo‘nalishlarda amalga oshiriladi:
-sheriklik munosabatlarini o‘rnatish;
-samarali va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va Memornadum doirasida turli xil loyihalarni amalga oshirish;
-universitetning xorijiy tillar bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlashdagi boy tajribasini targ‘ib qilish;
-O‘zbekiston MTRK tizimidagi ijodiy va texnik xodimlarning bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda xorijiy tillarni o‘zlashtirishga ko‘maklashish va boshqa masalalar.
Mazkur hamkorlik dasturi ikki tomon uchun ham manfaatli boʻladi deb umid qilamiz.