O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixologik salomatlikni mustahkamlashga qaratilgan seminar-treninglar davom etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning psixologik salomatligini mustahkamlash, stress va psixologik zo‘riqishlarning oldini olish maqsadida muntazam ravishda seminar-treninglar tashkil etib kelinmoqda.

Shu doirada O‘zDJTU xotin-qizlar psixologi Sh.X. Bo‘stonova tomonidan koreys tili yo‘nalishi magistrant talabalari ishtirokida “Ish, o‘qish va shaxsiy hayot muvozanatini saqlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur tadbirning asosiy maqsadi talabalar o‘rtasida sog‘lom psixologik muloqotni shakllantirish, stress holatlarini kamaytirish, shaxsiy rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarning psixologik ildizlarini aniqlash va ularni keltirib chiqaruvchi omillarni tahlil qilishdan iborat bo‘ldi.

Trening jarayonida nazariy bilimlar, art-terapiya hamda ro‘lli o‘yinlar kabi samarali metodlardan foydalanildi. Amaliy mashg‘ulotlar orqali ishtirokchilarga kasbiy faoliyat, ta’lim jarayoni va shaxsiy hayot o‘rtasidagi muvozanatni saqlash bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.

Mazkur seminar-trening talabalar uchun psixologik barqarorlikni mustahkamlash, o‘zini anglash va hayotiy vaziyatlarga ongli yondashish ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qildi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube