PREZIDENT MAKTUBI YUZASIDAN MAʼRIFIY SUHBATLAR DAVOM ETMOQDA
Özbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tilini ikkinçi çet tili sifatida öqitiş kafedrasi mudiri X. Nişanova tomonidan talabalarga Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Miromonoviç Mirziyoyevning nabirasiga yöllagan samimiy maktubi mazmuni yuzasidan navbatdagi maʼrifiy suhbat ötkazilmoqda.
Suhbat davomida maktubda ilgari surilgan ezgu ğoyalar, xususan, yoş avlodning ilm-maʼrifatli bölib voyaga yetişi, Vatanga muhabbat va sadoqat, vaqtni qadrlaş, mehnatsevarlik, sabr-toqat hamda qatʼiyat kabi muhim hayotiy tamoyillar atrofliça yoritilmoqda.
Şuningdek, talabalarga buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy va maʼnaviy merosini örganiş, ularga munosib voris böliş, xorijiy tillarni puxta egallaş, zamonaviy texnologiyalar va sunʼiy intellektdan oqilona foydalaniş zarurligi tuşuntirilmoqda.
Alohida taʼkidlanayotgan jihatlardan biri — har bir yoş öz oldiga aniq maqsadlar qöyişi, bilim olişdan töxtamasligi, duç kelgan qiyinçiliklar oldida taslim bölmasligi va kelajakda Vatan ravnaqiga munosib hissa qöşişga intilişidir.
Prezident maktubida ilgari surilgan hayotiy nasihatlar va ezgu ğoyalarni yoşlar ongiga singdirişga qaratilgan maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar universitetda davom etmoqda.
2026-11-28 04-00