13-avgust kuni O‘zDJTUda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son buyrug‘i asosida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, arab, xitoy, koreys, yapon) fan olimpiada tanlovining Respublika bosqichini o‘tkazishga tayyorgarlik va tashkiliy ishlarni amalga oshirish bo‘yicha Tashkiliy qo‘mitaning 1-yig‘ilishi Zoom orqali bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda olimpiada uchun mas’ul bo‘lgan barcha oliy ta’lim muassasalari tashkiliy qo‘mita a’zolari hamda hakamlar komissiyasi a’zolari qatnashdi. 

Olimpiadani yuqori saviyada o‘tkazish, hakamlar tarkibi, o‘tkazish vaqti, o‘tkazilish tartibi, chora-tadbirlari hamda kelgusidagi rejalar  muhokama qilindi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube