19 dekabr sanasida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 2-Talabalar turar joyiga xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi F. Ashurova hamda Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti M. Aripova tomonidan tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida 1-kursda tahsil olayotgan talaba-qizlarning turar joyidagi sharoitlari va o‘zaro munosabatlari o‘rganildi. Shuningdek, talaba-qizlar bilan “Erta turmush va uning salbiy oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida erta turmushning salbiy oqibatlari — sog‘liq, ta’lim, ijtimoiy, psixologik, iqtisodiy va huquqiy jihatlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Yakunda erta turmushning oldini olish yo‘llari, jumladan: qizlar va o‘g‘il bolalar ta’limini qo‘llab-quvvatlash, aholining huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, ota-onalar bilan tushuntirish ishlari olib borish hamda yoshlar uchun psixologik va ijtimoiy yordam xizmatlarini rivojlantirish zarurligi ta’kidlandi.