BITIRUV MALAKAVIY ISHLARI HIMOYASI MUVAFFAQIYATLI O‘TKAZILDI
24-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazida “Xorijiy til” yo‘nalishi, rus tili mutaxassisligi bo‘yicha pedagogik qayta tayyorlash kurslari tinglovchilarining bitiruv malakaviy ishlari himoyasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Mazkur jarayonda attestatsiya komissiyasi raisi, universitet rektori, professor Ilxomjon Madaminovich Tuxtasinov ishtirok etib, tinglovchilarni muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, ularning kasbiy o‘sishga bo‘lgan intilishi, ilmiy yondashuvi va pedagogik salohiyatini alohida e’tirof etdi.
Himoya jarayonida tinglovchilar tomonidan taqdim etilgan bitiruv ishlari zamonaviy ta’lim yondashuvlari, innovatsion metodlar hamda xorijiy tillarni o‘qitish metodikasining dolzarb masalalarini qamrab oldi.

Taqdimotlarda nazariy bilimlar amaliy tajriba bilan uyg‘unlashtirilib, ilmiy asoslangan taklif va xulosalar ilgari surildi.
Mazkur jarayon tinglovchilarning egallagan bilim va ko‘nikmalarini amaliy jihatdan namoyon etish, mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish hamda samarali pedagogik yondashuvlarni mustahkamlashda muhim bosqich bo‘ldi.