“Biz giyohvandlikka qarshimiz!”
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida tushuncha berish hamda zararli odatlardan yiroq bo‘lishga chaqirish maqsadida “Biz giyohvandlikka qarshimiz!” shiori ostida teatr namoyishi tashkil etildi.
Namoyish davomida giyohvandlikning inson hayoti, salomatligi va kelajagiga salbiy ta’siri hayotiy voqealar asosida yoritib berildi. Ta’sirchan sahna ko‘rinishlari orqali yoshlarni to‘g‘ri tanlov qilish, o‘z kelajagiga befarq bo‘lmaslik va sog‘lom hayot tarziga amal qilishga undovchi g‘oyalar ilgari surildi.
Tadbir yakunida talabalarga sog‘lom kelajak — o‘z qo‘limizda ekanligi yana bir bor eslatib o‘tildi.
2026-10-07 12-06