TALABALAR UCHUN «WORK AND TRAVEL» DASTURI BO‘YICHA SEMINAR-TRENING VA WORKSHOPLAR TASHKIL ETILDI

TALABALAR UCHUN «WORK AND TRAVEL» DASTURI BO‘YICHA SEMINAR-TRENING VA WORKSHOPLAR TASHKIL ETILDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talabalarning xalqaro imkoniyatlardan foydalanishi, xorijiy davlatlarda tajriba orttirishi hamda zamonaviy mehnat bozorida raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan seminar-trening va workshoplar tashkil etildi.

Universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limi va Karyera markazi hamkorligida «YOUTH GLOBE» xususiy bandlik agentligi tomonidan «Work and Travel» dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M. Chutpulatov ochib berdi. Unda talabalar uchun yaratilayotgan xalqaro imkoniyatlarning ahamiyati, xorijiy dasturlarda faol ishtirok etishning kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi o‘rni haqida so‘z yuritildi.

Seminar davomida talabalarga «Work and Travel» dasturining mazmun-mohiyati, unda ishtirok etish shartlari, talablar, hujjatlarni rasmiylashtirish jarayoni, xorijda ishlash va yashash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. «YOUTH GLOBE» xususiy bandlik agentligi mutaxassislari talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berib, xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirishda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar yuzasidan tavsiyalar berdi.

Tadbirning amaliy qismida tashkil etilgan workshoplarda talabalar interaktiv mashg‘ulotlar va amaliy topshiriqlarda faol ishtirok etdilar. Shuningdek, xorijiy ish beruvchilar bilan muloqot qilish, o‘z imkoniyatlarini to‘g‘ri namoyon etish va xalqaro mehnat muhitiga moslashish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirdilar.

Tadbir yakunida talabalar mutaxassislarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, «Work and Travel» dasturida ishtirok etish hamda xorijda xalqaro tajriba orttirish imkoniyatlari yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube