Dissertatsiya ishining kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 18-mart kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Rus filologiyasi fakulteti Rus tili va o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan navbatdagi kengaytirilgan kafedra ilmiy muhokamasi oflayn shaklda hamda ZOOM platformasi orqali tashkil etildi.

Muhokama doirasida Kononova Irina Yurevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tillari va adabiyoti mutaxassisligi bo‘yicha «Kiritma konstruksiyalar sintaksisning subyekt-ekspressiv shakli sifatida (M. Svetayeva badiiy prozasi asosida)» mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi.

Muhokama ochiq ilmiy muloqot va mazmunli munozara ruhida o‘tdi. Kafedra a’zolari tomonidan tadqiqot yuzasidan ilmiy fikrlar bildirilib, ishni yanada takomillashtirishga qaratilgan tavsiyalar berildi.

O‘tkazilgan ilmiy muhokama dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi hamda amaliy ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube