Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi

3-aprel kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi o‘tkazildi.

Unda Absalamova Gulmira Sharifovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlagan “Tilshunoslik va adabiyotshunoslik terminlarining tarkibiy-mazmuniy hamda milliy-madaniy tahlili (ingliz va fransuz tillari misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama qilindi.

 

 

Seminar davomida tadqiqotning dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan dissertatsiya yuzasidan savollar berilib, muallif tomonidan batafsil javoblar taqdim etildi.

Ilmiy seminar yakunida mazkur dissertatsiya yuzasidan tegishli xulosalar berildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube