“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi dasturlar davom etmoqda

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili amaliy aspektlari kafedrasi o‘qituvchisi Shohsanam Turg‘unova tomonidan Bektemir tumani 337-maktabda 6-sinf o‘quvchilari bilan ingliz tilidan “Health” (Sog‘liq) mavzusida dars mashg‘uloti o‘tkazildi.

 

 

Darsning asosiy maqsadi o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarzi haqidagi tushunchalarni ingliz tili orqali mustahkamlash, chet tilida erkin fikrlash va fikr bildirish ko‘nikmalarini rivojlantirishdan iborat bo‘ldi.

Dars davomida o‘quvchilar sog‘lom ovqatlanish, gigiyena, sport bilan shug‘ullanish va zararli odatlardan yiroq bo‘lish mavzularini ingliz tilida muhokama qilishdi. Turli interaktiv usullar — rasmli topshiriqlar, “Find someone who...”, “Word match” va rolli o‘yinlar orqali ular mavzuni faol o‘zlashtirdilar.

Yakunda o‘quvchilar “Health is wealth” — ya’ni “Sog‘liq — eng katta boylik” iborasining mazmunini anglab, sog‘lom odatlar haqida o‘z fikrlarini ingliz tilida bildirishdi.

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube