“ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

“ENG YAXSHI QO‘SHIQ” TANLOVINING UNIVERSITET BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida talaba-yoshlarning iste’dod va ijodiy qobiliyatlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning musiqiy salohiyatini namoyon etishi uchun imkoniyat yaratish maqsadida “Eng yaxshi qo‘shiq” tanlovining universitet bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda fakultet bosqichlarida g‘olib bo‘lgan talabalar hamda jamoalar ishtirok etib, yakkaxon va jamoaviy ijro yo‘nalishlarida o‘z chiqishlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilar turli janrdagi qo‘shiqlarni ijro etib, ijodiy mahorati va sahna madaniyatini namoyon etdilar.

 



 YAKKAXON IJRO YO‘NALISHI:

 1-o‘rin — Axtamov Diyorbek, Ingliz filologiyasi fakulteti
 2-o‘rin — Rejabboyeva Moxida, Roman-german filologiyasi fakulteti
 3-o‘rin — Sobirova Nihola, Sharq filologiyasi fakulteti

 JAMOAVIY IJRO YO‘NALISHI:

 1-o‘rin — “Qizlar” jamoasi
 2-o‘rin — “Joziba” jamoasi
 3-o‘rin — “Renessans” jamoasi

“Eng yaxshi qo‘shiqchi” nominatsiyasi — “Angren liderlari” jamoasi.

Taqdirlash marosimida tanlov g‘olib va sovrindorlariga diplom hamda pul mukofotlari topshirildi.

Tanlov nizomiga ko‘ra, yakkaxon va jamoaviy ijro yo‘nalishlarida 1-o‘rin uchun bazaviy stipendiyaning 2 baravari, 2-o‘rin uchun 1,5 baravari, 3-o‘rin uchun esa 1 baravari miqdorida pul mukofoti belgilangan.

Barcha ishtirokchilarni munosib qatnashgani, g‘olib va sovrindorlarni esa yuqori natijalari bilan muborakbod etamiz! 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube