Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

2026-yil 9-iyul kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi oflayn va ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi.

Majlis kun tartibiga muvofiq, Qulmamatov Oybek Amonovichning 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ogʻzaki nutq janrlarining lingvomadaniy tadqiqi (ingliz tilidagi dozens va o‘zbek tilidagi askiya misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoya qilindi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan olib borilgan muhokamalar yakunida dissertatsiya ishi ijobiy baholanib, Qulmamatov Oybek Amonovichga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini berish haqida qaror qabul qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube