Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi

10-avgust kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengash majlisida Nishonov Ilxomdjon Dilmurodovichning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha “Uilyam Gibson asarlarida kelajak tamadduni obrazi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi.

Himoya Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va soha mutaxassislari ishtirokida oflayn hamda ZOOM onlayn platformasi orqali tashkil etildi. Muhokamalar davomida dissertatsiya ishining dolzarbligi, ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tadqiqotchi tomonidan dissertatsiya yuzasidan berilgan savollarga javoblar tinglanib, ilmiy ishning asosiy natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir yakunida dissertatsiya belgilangan tartibda muvaffaqiyatli himoya qilindi.
 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube