Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi bo‘lib o‘tdi
2025-yil 29-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida offline va ZOOM onlayn platformasi orqali PhD dissertatsiyasi himoyasi muvaffaqiyatli o‘tkazildi.
Himoya qilingan dissertatsiya:
Mamaraimova O‘g‘iloy Tajimuradovna – 10.00.11 – Til nazariyasi, amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan “Medianing lisoniy manzarasida mentallik: aksiologik tadqiq (elektron gazetalar misolida)” mavzusidagi ish.
Himoya jarayonida universitet rektori I. Tuxtasinov hamda rasmiy opponentlar ishtirok etib, dissertatsiya mazmuni va ilmiy ahamiyati yuqori baholandi.
Himoya jarayoni ilmiy seminarlar tartibida olib borildi: avval dissertant o‘z ishini taqdim etdi, so‘ng rasmiy opponentlar tomonidan savol-javoblar va muhokamalar o‘tkazildi. Uchrashuvning oxirida ilmiy kengash qarori bilan dissertatsiya PhD ilmiy darajasini olishga tavsiya qilindi.