Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi

Filologiya fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasi muvaffaqiyatli himoya qilindi
 

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi Ilmiy kengashning navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
 

Unda Axmedova Aziza Komilovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo‘yicha filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan “Sinkler Lyuis nasrida badiiy obraz psixologizmi poetikasi” mavzusidagi dissertatsiya ishi muhokama qilinib, muvaffaqiyatli himoya qilindi.

Ilmiy kengash a’zolari tomonidan dissertatsiya ishining ilmiy yangiligi, nazariy va amaliy ahamiyati yuqori baholanib, talabgorga filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini berish to‘g‘risida tegishli qaror qabul qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube