Ingliz tili ikkinchi fakulteti 4-bosqich talabalari Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida

Ingliz tili ikkinchi fakulteti 4-bosqich talabalari Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarida

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili ikkinchi fakulteti 4-bosqich talabalari uchun Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari belgilangan tartib va amaldagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etildi.

Mazkur attestatsiya bitiruvchi talabalarning ta’lim dasturlari bo‘yicha egallagan nazariy bilimlari, amaliy ko‘nikmalari hamda kasbiy kompetensiyalarini kompleks baholashga qaratilgan muhim yakuniy bosqich hisoblanadi.

Imtihonni ochib berishda O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Ch. Chutpo‘latov ishtirok etib, Yakuniy davlat attestatsiyasining ta’lim sifatini baholashdagi o‘rni, bitiruvchilarning kelgusidagi kasbiy faoliyati uchun ahamiyati haqida so‘z yuritdi. Shuningdek, u talabalarga imtihon jarayonida o‘z bilim va salohiyatlarini to‘liq namoyon etish, halollik va akademik etika tamoyillariga qat’iy rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berdi.

Shundan so‘ng Ingliz tili ikkinchi fakulteti dekani Zokir Bazarov so‘zga chiqib, bitiruvchi talabalarga samimiy tilaklarini bildirib, ularning to‘rt yil davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini munosib namoyon etishlariga ishonch bildirdi hamda imtihonlarda omad tiladi.

Tadbir davomida Davlat attestatsiya komissiyasi raisi ham so‘zga chiqib, bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab, mazkur attestatsiya ularning kasbiy tayyorgarligini namoyon etuvchi muhim bosqich ekanini ta’kidladi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlari shaffoflik, xolislik va adolatlilik tamoyillari asosida tashkil etilib, talabalarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini obyektiv baholash uchun barcha zarur sharoitlar yaratildi.

 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube