Karyera imkoniyatlari: bojxona tizimi bilan ochiq muloqot

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bitiruvchi bosqich talabalari uchun Karyera markazi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona organlari vakillari ishtirokida uchrashuv (workshop) tashkil etildi.

Tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M. Chutpulatov ochib berdi. Uchrashuv davomida bojxona tizimidagi xizmat faoliyati, mavjud imkoniyatlar hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

 

 

Tadbirda quyidagi vakillar ishtirok etdilar:

 Pirmuxamedova Umida Baxtiyarovna — Bojxona qo‘mitasi raisining maslahatchisi
 Muminov Oybek Alisherovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
 Saidov Abbos Tulkunovich — Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
 Mamajonov Adil Oripovich — Xalqaro hamkorlik boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Uchrashuv davomida talabalar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi. Shuningdek, bojxona organlarida amaliyot o‘tash va kelgusida ish faoliyatini boshlash imkoniyatlari muhokama qilindi.

 

 

Mazkur workshop talabalarning kasbiy rivoji va bandligini ta’minlashga qaratilgan muhim uchrashuvlardan biri bo‘ldi.

Universitetda yaratilayotgan bunday imkoniyatlar talabalarning kelajakdagi faoliyatida mustahkam zamin yaratadi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube