Koreyaning ta’lim sohasidagi yetakchi kompaniyalari rahbari bilan uchrashuv

 

Koreyaning ta’lim sohasidagi yetakchi kompaniyalari rahbari bilan uchrashuv

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Koreyaning Englishunt va EduLink Global kompaniyalari ta’sischisi hamda ijrochi direktori Chungrim Han xonim bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Mazkur kompaniya ingliz tili bo‘yicha bilimni baholash, testlarga tayyorlash va sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda onlayn mock testlar tashkil qilishga ixtisoslashgan. Kompaniya O‘zbekistondagi ilk faoliyatini maktabgacha va maktab ta’limi tizimida boshlagan hamda maktab o‘quvchilari orasida testlarni sinovdan o‘tkazgan. Han xonimning maqsadi oliy ta’lim muassasalari uchun ishlab chiqilgan testlarni pilot tarzda til ta’limi bo‘yicha yetakchi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari ishtirokida tashkil qilish hamda ushbu jarayonni respublikaning barcha oliygohlariga tatbiq etishdan iborat.

 



Uchrashuvda universitet tomonidan xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nasirov, O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i X. Yuldashev hamda Tarjimonlik fakulteti professori G‘. Rahimov ishtirok etdi.

Muloqot davomida universitet talabalari uchun ingliz tilini o‘rganish hamda mock testlarni o‘tkazish uchun mo‘ljallangan elektron platformalar imkoniyatlari muhokama qilindi. Shuningdek, O‘zDJTUda ingliz tili bo‘yicha test va sertifikatlash markazini tashkil etishning tashkiliy hamda moliyaviy jihatlari, ingliz va koreys tili o‘qituvchilari malakasini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish va kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha o‘zaro manfaatli takliflarni ko‘rib chiqish borasida kelishib oldilar.


 

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube