Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim etib kelinmoqda.
Ushbu Ma’rifat darslarida Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Jumladan, mazkur hafta davomida Ingliz tili ikkinchi, Ingliz tili uchinchi va Rus filologiyasi fakultetlarida “Ma’rifat soati” darslari tashkil etilib, unda fakultet mas’ullari tomonidan O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 17-yanvar kuni aholi bandligini ta’minlash va yangi yondashuvlar asosida kambag’allikni qisqartirish bo’yicha tadbirlar taqdimoti tanishtirildi.
Ingliz tili ikkinchi fakultetida oʻtkazilgan “Ma’rifat soati”da fakultet dekani B.Kulmatov alohida nutq soʻzlab, “Siyosiy ma’rifat soati” bo’yicha berilgan boshqa materiallar yuzasidan ham atroflicha tushuntirish berdi.
Dastur yakunida berilgan ma’lumot va materiallar bo’yicha auditoriyadagi tyutorlar va professor o’qituvchilar bilan savol-javob va muhokamalar ham tashkil etildi.
Ushbu “Ma’rifat soati” darslarida belgilangan mavzular bo’yicha dekan muovinlari va kafedra mudirlari ham o’z fikrlarini bayon etishdi.