Bugun Yangi media taʼlim markazi direktori Beruniy Alimov va Oʻzbekistondagi yagona ilmiy-metodik elektron jurnal bosh muharriri Gulmira Shukurovalar bilan OʻzDJTU talabalari uchun seminar-trening tashkil etildi. Trening “Media va axborot savodxonligi tushunchasi: bazaviy kompetensiya va koʻnikmalar” mavzusida tashkil etilib, mediasavodxonlik asoslari, fact checking texnologiyalari, sunʼiy intellekt va gadjetlarning oʻziga xosliklari haqida gapirildi. Trening davomida talabalarning “mediasavodxonlik” tushunchasiga munosabati oʻrganilib, talabalar bilan amaliy mashgʻulotlar oʻtkazildi.