Mustaqil izlanuvchining dissertatsiya tadqiqoti natijalari muhokama qilindi
3-iyun kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasiga biriktirilgan III-bosqich mustaqil izlanuvchi S. M. Abdullayevaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha tayyorlanayotgan “Yurisprudensiya yo‘nalishi talabalarining kasbiy muloqot kompetensiyasini kontekstli ta’lim asosida takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya tadqiqotining I bobi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar natijalari kafedra yig‘ilishida muhokama qilindi.
Muhokama davomida izlanuvchi tomonidan tadqiqotning maqsad va vazifalari, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar tahlili, tadqiqot metodologiyasi hamda dissertatsiyaning birinchi bobida erishilgan ilmiy natijalar taqdim etildi. Shuningdek, olib borilgan izlanishlar asosida shakllantirilgan xulosalar va tadqiqotning keyingi bosqichlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Yig‘ilishda Ingliz tili amaliy fanlar №1 kafedrasi professori D. M. Isroilova tomonidan dissertatsiya tadqiqotining ilmiy mazmuni va yo‘nalishi yuzasidan qator ilmiy-metodik tavsiyalar hamda amaliy maslahatlar bildirildi. Tadqiqotda aniqlangan ayrim jihatlarni takomillashtirish, ilmiy asoslarni yanada mustahkamlash va ish sifatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Muhokama yakunida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan S. M. Abdullayevaning dissertatsiya tadqiqotining I bobi bo‘yicha erishilgan natijalar ijobiy baholanib, tadqiqotni belgilangan reja asosida davom ettirish tavsiya etildi.
2026-06-04 12-14