Joriy yilda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Toshkent shahrining bir qator umumta’lim maktablarida “Xorijiy tillarni rivojlantirish va o‘qitish markazlari” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan edi.

Mazkur maktablardan biri Sirg‘ali tumanidagi 104-umumta’lim maktabida Ingliz tili 1-fakulteti, “Ingliz tilini o‘qitish metodikasi N1” kafedrasi o‘qituvchisi Juraboyeva Gulmira tomonidan navbatdagi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot davomida o‘quvchilarga ingliz tilidan belgilangan mavzu asosida dars o‘tildi.

Shuningdek, o‘quvchilarning og‘zaki nutqini rivojlantirish maqsadida turli savol-javoblar tashkil etildi.

Dars ko‘tarinki ruhda o‘tdi va o‘quvchilar mashg‘ulotlarga yuqori darajada qiziqish bildirishdi. Bu esa markaz faoliyatini yanada kengaytirish va rivojlantirish uchun turtki bo‘ldi.

 

  

Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube