“Oila — Vatan poydevori: zamonaviy jamiyatda oilaning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

8-may kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamkorligida “Oila — Vatan poydevori: zamonaviy jamiyatda oilaning ijtimoiy-ma’naviy ahamiyati” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda vazirlik va idoralar rahbarlari, oliy ta’lim  muassasalari professor-o‘qituvchilari, olima ayollar, ilmiy tadqiqotchilar hamda yosh olimlar ishtirok etdi.

 

 

Konferensiyani O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Z.B. Maxkamova ochib berdi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M. Tuxtasinov tabrik so‘zlari bilan ishtirok etdi.

Asosiy ma’ruzalarda:

 Nurmatova Mukarram Ahmedovna — Yangi O‘zbekistonda oila institutini rivojlantirish va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashning ustuvor yo‘nalishlari;

 Saidova Lola Abduvaxidovna — oilada gender tenglikni ta’minlashning huquqiy, ijtimoiy va psixologik asoslari;

 Sodiqova Shoxida — yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda milliy va umuminsoniy qadriyatlarning o‘rni;

 Jamoliddinova Odina Rasulovna — oilada vatanparvar shaxsni tarbiyalashning pedagogik shart-sharoitlari;

 Xolida Ziyayeva — xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari;

 Abdullayeva Barno Sagdullayevna — globallashuv sharoitida oila instituti transformatsiyasi.

 

 

Ma’ruzalarda raqamli transformatsiya sharoitida oilaviy qadriyatlarni asrash, yoshlar tarbiyasida oila, mahalla va ta’lim muassasalari hamkorligini kuchaytirish, hamda xotin-qizlarning ilm-fandagi faolligini qo‘llab-quvvatlash kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube