Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov rahbarligida respublikadagi oliy ta’lim muassasalari ishtirokida videoselektor yig‘ilishi tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarini samarali tashkil etish, korrupsion holatlarning oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish hamda barcha bosqichlarda shaffoflik va adolat tamoyillarini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeyini yanada oshirish, ularning ilmiy-pedagogik faoliyatini keng targ‘ib etish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda media loyihalarni yo‘lga qo‘yish hamda zamonaviy media kontentlar yaratish bo‘yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

Mazkur yig‘ilishda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda universitet rahbariyati vakillari onlayn formatda ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar va kelgusidagi vazifalar yuzasidan berilgan topshiriqlar bilan tanishdilar.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube