O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzuridagi ishlab chiqarish yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori huzurida navbatdagi ishlab chiqarish yig‘ilishi o‘tkazildi. Yig‘ilishga universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov raislik qildi. Unda barcha prorektorlar, rektor maslahatchilari, fakultet dekanlari, boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishtirok etdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, yangi o‘quv yilida ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, fakultet va kafedralarda o‘quv jarayonining holati, talabalar davomati hamda ichki tartib-intizom masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tizimli tashkil etish, talabalar turar joylaridagi sharoit va tarbiyaviy ishlar holatiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida universitetning ilmiy faoliyati va innovatsion loyihalarini rivojlantirish, fakultet va kafedralarda belgilangan ilmiy ko‘rsatkichlarning bajarilishi, professor-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalarni kengaytirish hamda universitetning xalqaro reytinglardagi ko‘rsatkichlarini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham muhokama qilindi.

Shu bilan birga, moliyaviy intizomni mustahkamlash, to‘lov-kontrakt mablag‘lari bo‘yicha mavjud qarzdorliklarni undirish jarayonlarini tizimlashtirish va ichki nazoratni kuchaytirish masalalari yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Yig‘ilishda 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitetda o‘tkaziladigan bayram tadbirlariga tayyorgarlik masalasi ham ko‘rib chiqildi. Tadbirlarni yuqori saviyada tashkil etish, tashkiliy ishlarni muvofiqlashtirish hamda mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi hamda belgilangan vazifalar ijrosi nazoratga olindi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube