O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov 25-fevral kuni talabalarning huquqbuzarliklar, giyohvandlik va narkojinoyatlarning salbiy oqibatlari bo‘yicha ma’rifiy tadbirga tayyorgarligini ko‘rib, avvalo yoshlar bilan uchrashdi. Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmoni va uning mazmun-mohiyati talabalarga batafsil tushuntirildi, farmon ijrosining yoshlar hayotidagi ahamiyati, barvaqt profilaktika va huquqiy madaniyatni oshirish zaruriyati ta’kidlandi.

 

 

Shundan so‘ng, talabalarga manzilli tadbirni amaliyotga tadbiq etish maqsadida 51-son Manzil koloniyasiga tashrif uyushtirildi. Tadbir davomida jinoyatchilikning shaxs, oila va jamiyat hayotiga ta’siri, profilaktika choralari hamda huquqiy madaniyatni oshirish masalalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi. Ayniqsa, giyohvandlik va psixofaol moddalar bilan bog‘liq jinoyatlarning og‘ir oqibatlari real hayotiy misollar asosida tushuntirildi.

Tadbirda IIV huzuridagi JIED 1-Mintaqaviy hudud 51-sonli manzil koloniyasi tarbiyaviy ishlar bo‘linmasi boshlig‘i, kapitan Abduraimov Lutfulla Payzullayevich hamda universitet profilaktika inspektori M. Nurmuxamedova ishtirok etib, yoshlarga qonunbuzarliklarning oqibatlari, bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonlikning ahamiyati haqida atroflicha tushuntirishlar berdi.

FM Facebook Twitter Instagram Telegram YouTube YouTube