O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda British Council vakili Umida Nurjanova o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Samimiy va professional muloqot davomida tomonlar IELTS xalqaro imtihon tizimi bo‘yicha uzoq yillik muvaffaqiyatli hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish masalalarini muhokama qildilar. Uchrashuvda ta’lim sifatini oshirish, talabalar va pedagoglar uchun xalqaro standartlarni joriy etish hamda ingliz tili darajasini baholash tizimini rivojlantirishga oid istiqbolli yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi.
Mazkur uchrashuv O‘zDJTU va British Council o‘rtasidagi strategik hamkorlikning yangi bosqichini boshlab berishi va respublikada chet tillarini o‘qitish hamda baholash tizimini takomillashtirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.