O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida bugun fransuz, ingliz hamda nemis tillari fanlari bo‘yicha malakaviy imtihonlar bo‘lib o‘tdi.
Malakaviy imtihonlarda talabgorlarning xorijiy tillar bo‘yicha nazariy bilimlari, ilmiy yondashuvi, til kompetensiyalari hamda amaliy ko‘nikmalari belgilangan mezonlar asosida sinovdan o‘tkazildi.
Jarayonlar universitet mas’ullari hamda mutaxassislar ishtirokida ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi. Imtihon davomida talabgorlar o‘z bilim va tayyorgarlik darajalarini namoyon etdilar.
Mazkur malakaviy imtihonlar ilmiy-pedagogik faoliyat sifatini oshirish, yuqori malakali kadrlarni tayyorlash hamda ilmiy izlanishlar samaradorligini ta’minlashda muhim аҳамият kasb etadi.
2026-05-21 11-18