O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoyasi bo‘lib o‘tdi.
10-avgust kuni Alimov Tohir Egamshukurovichning 10.00.13 – Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek, nemis, rus tillarida maishiy leksikaning semantik va funksional xususiyatlari” mavzusidagi dissertatsiya ishi himoya qilindi.
Himoya jarayonida universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, rasmiy opponentlar ishtirok etdi.
Himoya davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilmiy yangiligi va tadqiqot natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tadqiqotchi tomonidan berilgan savollarga javoblar tinglandi.
2026-08-10 06-06