O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchilari hamda "Zulfiyaxonim izdoshiman" to‘garagi a'zolari O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasiga tashrif buyurishdi.
Ekskursiya davomida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida dastlab, ijodkorlar hayoti va ijodi bilan tanishuv, keyin she'rxonlik kechasi tashkil etildi.
To‘garak a'zolari "Yoshlik", "Sharq yulduzi" hamda "Jahon adabiyoti" adabiy jurnallari bilan tanishitirib, kelajakda ijodiy hamkorlik olib borish rejalashtirildi.
Umumiy tilshunoslik kafedrasi o‘qituvchilari F. Yuldasheva, M. Nosirova, S. Saloxiddinova, D. Xoliqova, I. Yo‘ldosheva va R. G‘o‘chchiyeva hamda barcha talabalarga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida nashr qilingan kitoblar sovg‘a qilindi.