OʻzDJTU Ingliz tili 1-fakulteti 1-bosqich talabalari uchun muhim ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risida”gi nizom mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlandi.
Mazkur tadbirda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ch. Chutpulatov, shuningdek o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, fakultet dekani, dekan o‘rinbosarlari, tyutorlar hamda 1-bosqich talabalari ishtirok etdi.

Tadbir davomida davlat granti ajratilishi, uni qayta taqsimlash mexanizmlari hamda asosiy qoidalari aniq misollar orqali tushuntirildi. Shuningdek, to‘liq va to‘liq bo‘lmagan davlat grantlari, qo‘shimcha davlat grantlari, oliy ta’lim muassasasi grantlari, tegishli komissiyalar faoliyati, talabalar tomonidan ariza berish tartibi va belgilangan muddatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tadbir yakunida savol-javob qismi tashkil etilib, talabalar grantlar taqsimoti va ta’lim jarayoniga doir masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
