O‘zDJTU jamoasi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdi
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talabalari Toshkent shahridagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi va “Millat fidoiylari” xiyoboniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ishtirokchilar Vatanimiz sarhadlarini himoya qilish, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlash yo‘lida mardlarcha halok bo‘lgan harbiy xizmatchilar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.
Shuningdek, tashrif ishtirokchilari majmua hududidagi muzey ekspozitsiyalari bilan tanishib, mustaqillik yillarida Vatan ravnaqi va xalq tinchligi yo‘lida fidokorona xizmat qilgan qahramonlarning hayoti, jasorati hamda mardlik namunalarini aks ettiruvchi tarixiy materiallarni ko‘zdan kechirdilar.
2026-06-25 11-36